:: UzJava.Ru ::.
Reklama
Tel e-mailini sozlash
Hozirgi paytda ko`pchilik elektron pochtadan web interfeys orqali foydalanishadi va buni odatiy hol deb bilishadi. Aslida web ko`rinishdagi pochta xizmati qo`shimcha xizmat xisoblanib, haqiqiy elektron pochta uchun faqat pochta serveri kifoya. Pochta serveri xatlarni qabul qilish, saqlash, uzatish va boshqalarni amalga oshiradi. Pochta serveri bilan mijoz orasidagi bog`lanishni pochta mijozi (клиенти) dasturiy ta`minoti amalga oshiradi. U hozirgi deyarli hamma odatiy telefonlarda uchraydi (xabarlar menyusida).
  Pochta serveri bilan ishlash uchun mijozni sozlash kerak. Yangi pochta sozlamasini Nokia s40 telefonlarida Menu -> Settings -> Configuration -> Personal conf. set -> Options -> Add New -> E-mail orqali, Nokia s60 telefonlarida Menu -> Messaging -> E-mail ustida Options -> New E-mail orqali qo`shishingiz va sozlashingiz mumkin.
  Sozlashlarni mail.ru misolida ko`rsatib o`taman. Siz o`zingiz hohlagan pochta serveriga sozlanish uchun uning yordam bo`limiga yoki ushbu sayt mehmonxonasiga murojat qiling.

-Account name -> Siz hohlagan nom;
-My name -> Ismingiz;
-E-mail address -> e-mailingiz;
-SMTP user name - e-mailingiz;
-SMTP password -> parolingiz;
-Outgoing SMTP server -> smtp.mail.ru;
-Use preferred access point -> Yes;
Incoming mail settings:
-Retrive e-mails -> maksimal qabul qilinuvchi xatlar soni (hohlaganizcha); -POP3 username -> e-mailiz;
-POP3 password - paroliz;
-Incoming POP3 server -> pop3.mail.ru;
-Use preferred access point -> Yes.

Pochta klientidan foydalanish internet traffikni tejaydi, ortiqcha reklamalarni yuklamaydi, telefonda sozlangan e-mail har qanday joyda pochtangizdan xabardor bo`lishingizga yordam beradi.
Manba uzmob.wen.ru saytidan olingan.
Bosh sahifa
2011-2015 .:: Design by Tursunaliyev Abdurahim
waplog weplog.top