:: UzJava.Ru ::.
Reklama
Java haqida
Javada midlet yasalgandan so`ng JAR va JAD fayl hosil bo`ladi. JAR (Java ARchive) - bu o`zida .class fayllarni va dastur resurslarini saqlovchi arxiv fayl. Bu maxsus arxivator talab qilmaydiga oddiy zip arxiv. Arxivda dasturni tavsiflovchi MANIFEST.MF nomli fayl mavjud, u: dastur nomi, hajmi, fayl ikonkasi manzili va boshqalarni o`zida saqlaydi. Arxivga bir necha midletlarni ham joylashtirish mumkin, lekin odatda bunday qilinmaydi. JAD (JAva Descriptor) - bu java arxiv haqidagi ma`lumotlarni o`zida saqlovchi matnli fayl, lekin u JAR arxivdan alohida bo`lib, shu yo`sinda arxivni ko`chirmasdan turib u haqda ma`lumot olish mumkin. Ulardan yuklashdagi farq imzolangan sertifikatlarda: sertifikat JAD faylda saqlanadi va usiz dastur sertifikatlanmagan hisoblanadi.
Manba Uzmob.uz saytidan olingan.
Bosh sahifa
2011-2015 .:: Design by Tursunaliyev Abdurahim
waplog weplog.top